Server Jeparov o'zining "Lokomotiv"dan ketishi haqida: "Menga juda ham kam vaqt berishdi!"

Administrator
19 okt 2022, 00:20
Bugun Toshkentning "Lokomotiv" klubi bosh murabbiy Server Jeparovning iste'foga chiqarilganini e'lon qildi.

Championat.asia jurnalisti Nikolay Egorychev murabbiy bilan suhbatlashdi Server Jeparovning "Lokomotiv" rahbariyati qarorini qanday qabul qilganiga qiziqdi.

"-Rahbariyat qaroriga qo'shilaman. Murabbiyning bahosi - bu jamoa ko'rsatayotgan natija. Faqatgina, menga juda ham kam vaqt berishdi! Nimanidir o'zgartirish uchun murabbiyga ko'proq vaqt zarur", -deydi Server Jeparov.

- Jamoadagilar ketishingizni qanday qabul qilishdi?

- Ular uchun bu kutilmagan holat bo'ldi. 

- "Lokomotiv"da ishlagan paytingiz murabbiy sifatida nima sizga nima yetishmadi?

- Klubni qabul qilib olishim bilan "Lokomotiv"da kelishilgan o'yinlar bilan bog'liq mojaro boshlandi. Men uchun bu shunchaki shok holati edi: jamoa sardori va liderini (Kaze Maxaradze) mavsum oxirida yo'qotish... Shu bilan birga, boshqa o'yinchilar ham shubha ostida edi. Butun jamoada qanday stress holatida bo'lganini tasavvur qila olasizmi? Men o'tkazgan o'yinlarni analiz qilsak, jamoamizga ikki marta qizil kartochka ko'rsatishdi, uch marta darvozamizga penalti belgilashdi. "Surxon"ga qarshi o'yinda berilgan penalti asossiz edi, hakam shunchaki biz uchun o'yinni o'ldirgandi. 

- "Lokomotiv" Superligada jon saqlab qola oladimi? Sizning fikringiz qanday?

- Ishonamanki, "Lokomotiv" Superligada qolishni uddalaydi. 

- Kelajakdagi rejalaringiz qanday?

- Hozircha hech qanday reja yo'q.  

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia