Sergey Lushan: "Namanganda umuman olganda yomon harakat qilmadik"

Narzulla Saydullayev
20 iyul 2018, 09:57
"Navbahor" - "So'g'diyona" uchrashuvidan so'ng jizzaxliklar bosh murabbiyi Sergey Lushan quyidagicha fikr bildirdi:

- "Navbahor" o'zi yuzaga keltirgan qulay vaziyatlardan foydalana oldi.  Biz esa gol kirita olmadik.  Men sekin-asta yangi jamoa shakllantiryapman.  Shu boisdan bazan o'yinimiz yaxshi chiqyapti.  Bazida esa o'yinimiz qovushayotgani yo'q.  Buning uchun yigitlarga etirozim yo'q.  Bugun ham umuman olganda yomon harakat qilmadik.  Faqat gol kiritish bobida omadimiz kelmadi,  - dedi  mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz