"Sepaxon" durang o'ynadi, Fozil Musaev zaxiradan maydonga tushdi

Narzulla Saydullayev
14 dek 2015
Kecha Eron pro ligasida 14-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Hamyurtimiz Fozil Musaev to'p tepayotgan "Sepaxon" klubi o'z uyida "Rox Oxan"ni qabul qilib 0:0 hisobida durang o'ynadi. Musaev 81-daqiqada maydonga tushdi.

"Sepaxon" 14ta o'yindan 21 ochko bilan 6-pog'onada bormoqda.

Eslatib o'tamiz, "Sepaxon" OCHL-2016da "Lokomotiv" klubi bilan bir guruhdan joy olgan.

Eron chempionati
"Sepaxon" - "Rox Oxan" 0:0
"Sepaxon":
Rahmon Ahmadi, Abdulloh Karimi, Xodi Agili, Habib Gordani, Milad Sarlak (Fozil Musaev, 81), Varya G'ofuri, Hussayin Papi (Said, 74), Muharram Navidkiya (Jahon Alian,58), Ali Karimi, Muhammad Rizo Xalatbari, Hussayin Fazli.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia