Sefer Alibaev: "Golbanga Moskvaning "Dinamo" klubidan taklif bor"

Narzulla Saydullayev
18 okt 2016, 12:33
Qarshining "Nasaf" jamoasida faoliyat olib borayotgan Igor Golbanga Rossiya birinchi ligasida faoliyat olib borayotgan Moskvaning "Dinamo" jamoasidan taklif bor.

Bu haqda futbolchining agenti saytimizga ma'lum qildi.

"Golban Rossiya fuqarosi sanaladi. Shuning uchun "Dinamo" Moskva taklifini qabul qilish uchun unda hech qanday muammo bo'lmaydi. O'zbekistondagi faoliyatini "Qo'qon-1912" klubida boshlagan mijozim tez orada u yerdan top klubga o'ta oldi. Bugunda Ro'ziqul Berdiev unga katta ishonch bildiryapti. O'zbekiston Kubogining finalidan keyin uning kelgusi faoliyati borasida bir to'xtamga kelamiz", - deydi Sefer Envirovich.

Eslatib o'tamiz, "Dinamo" Moskva 2015/16 yil mavsum yakunlariga ko'ra premer liga bilan xayrlashgandi. Ayni paytda jamoa 17 turdan keyin 39 ochko bilan birinchi liga turnir jadvalida peshqadamlikni o'z qo'liga olgan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia