

Ushbu yilning yozida amaldagi kelishuvi yakunlanadigan 26 yoshli o'yinchi "Real"da qolmoqchi. U boshqa klublar bilan muzokaralar olib borishi mumkin, ammo allaqachon APLdan bir necha takliflarni rad etdi.
"Real" rahbariyati xavbek bilan shartnomani uzaytirish yoki uzaytirmaslik borasida o'ylamoqda. Qayd etish kerakki, u klubning rejalariga kirmaydi, ammo uning so'nggi o'yinlardagi harakatlari rahbariyatni o'z fikrini o'zgartirishga majbur qilishi mumkin.
Sebalos 2022/23 yilgi mavsum "Real" safida barcha musobaqalarda 18ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 4ta assist qayd etdi. Transfermarkt portali o'yinchini 9 million evroga baholamoqda.



