Sautgeyt: "Har doim o'yinchilarga ijtimoiy tarmoqlardan ko'p foydalanmaslikni uqtiraman"

Sherzod Nurmatov
12 noya 2022, 11:47
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt ijtimoiy tarmoqlarga munosabati haqida so'zladi.

"Men har doim o'yinchilarga ijtimoiy tarmoqlardan ko'p foydalanmaslikni maslahat beraman, lekin bu ular yashayotgan dunyo. Ular yoshlar, yoshlar esa o'z hayotlarini ijtimoiy tarmoqlarda o'tkazishadi. Modomiki, siz buni racionallashtirsangiz, quvonchingiz va kayfiyatingizga ta’sir qilishiga yo'l qo'ymasangiz, hammasi joyida. Kattalarga kattalarcha qarorlar qabul qilishlariga ruxsat berish kerak", – dedi Sautgeyt.

Shuningdek, mutaxassis ijtimoiy tarmoqlarni "xavfsiz joy" deb hisoblamasligini ham qo'shimcha qildi.

Angliya terma jamoasi Qatardagi turnirdagi yurishini 21 noyabr kuni Eronga qarshi o'yindan boshlaydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky News