

"Atletiko" klubi Saul Niges borasida "Chelsi" bilan kelishuvga erishdi. Futbolchi yangi mavsumni ijarada o'tkazadi. Buning uchun "Chelsi" madridliklarga 5 mln evro to'laydi. Futbolchi va "Chelsi" kelishib olishgan. Tez orada Saul Londonda shartnoma imzolash uchun uchib ketadi.



