Saul: "Grizmann "Yilning eng yaxshi futbolchisi" sovrinini olishi uchun yana nima qilishi kerakligini bilmayman"

Aslanov Jasurbek
7 sen 2018, 18:14
Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Saul Antuan Grizmann "Yilning eng yaxshi futbolchisi" sovrinini finalchilari safida emasligidan hayron bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, fransiyalik forvard so'nggi mavsum Madrid jamoasi bilan Yevropa ligasi va UEFA Superkubogi g'olibiga aylandi, Fransiya terma jamoasi safida esa jahon chempionligini qo'lga kiritdi.

"Hayron bo'ldim. To'g'risini aytsam, Grizmann "Yilning eng yaxshi futbolchisi" sovrini uchligiga kirishi uchun yana nima qilishi kerakligini bilmayman. U joriy yil 3ta sovrin yutdi. "Atletiko" uchun Grizmann bunday nufuzli sovrin olishi muhim" - deydi Saul.

Eslatib o'tamiz, "Yilning eng yaxshi futbolchisi" sovriniga Krishtianu Ronaldu, Luka Modrich, Muhammad Saloh da'vogarlik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo