

Saudiyalilar argentinalik futbolchiga to'rt yillik shartnoma taklif qilishgan. Futbolchiga yiliga 25 million evro maosh taklif qilingan, biroq Dibala ayni vaqtda Saudiyaga ketishni istamasligini va yana bir necha yil Yevropada to'p surishini ma'lum qilgan.
Ma'lumot uchun, Dibala 2022 yildan beri Rim klubi sharafini himoya qilib keladi. Uning amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida yakunlanadi. Futbolchi "Roma"da yiliga 7 million evro ishlab oladi.



