Saudiya Arabistoni va Eron jamoalari uy-safar tizimiga qaytdi, bungacha o'zaro o'yinlar neytral maydonda o'tkazilardi

Оқил Абдубарноев
4 sen 2023, 19:00
Bungacha ikkala taraf to'qnashuvi neytral maydonda o'tkazilardi.

Saudiya Arabistoni Futbol Federatsiyasi (SAFF) va Eron Islom Respublikasi Futbol Federatsiyasi (FFIRI) terma jamoalari va klublari o'rtasidagi barcha o'yinlar uy va safar tizimida o'tkaziladi. Bu haqda Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) ma'lum qildi.

Saudiya va Arabistoni va Eron futbol federatsiyalari o'rtasida imzolangan bugungi yangi bitim OFK e'tiboriga havola etildi.

Eslatib o'tamiz, OFK musobaqalar qo'mitasi va OFK Ijroiya qo'mitasining 2016 yildagi qaroriga ko'ra, ikki mamlakat o'rtasidagi milliy va klub darajasidagi barcha o'yinlar neytral maydonlarda o'tkazilib kelinardi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: ОФК