Saudiya Arabistoni terma jamoasining uch nafar yetakchi futbolchisi Olimpiadaga boradi

Xayrulla Xoliqov
19 iyun 2021, 01:18
Ma'lumki, shu yilning yozida Tokioda navbatdagi Olimpiya o'yinlari bo'lib o'tadi.

Sportning futbol turi bo'yicha musobaqada Saudiya Arabistoni U-23 terma jamoasi ham ishtirok etadi. Jamoa bosh murabbiyi Saad Al Shehrining aytishicha, shu kunlarda yakuniy tarkib ma'lum bo'ladi. 

Shunisi aniqki, 3 nafar yoshi katta futbolchi sifatida milliy jamoa yetakchilari - Salmon Al Faraj, Salim Al Dovsari va Yosir Al Shahroni ham Tokioda o'tkaziladigan Olimpiya o'yinlariga borishadi. Bilasiz, har uchala futbolchi JCH saralash bahslarida o'zlarini ko'rsata olishdi.

Saudiya Arabistoni olimpiya terma jamoasi 23 iyun kuni Ar Riyodda yig'ilib, 14 iyulga qadar yig'in o'tkazadi. Bu jamoaning musobaqa oldidan beshinchi, yani oxirgi yig'ini bo'ladi. 

Olimpiya o'yinlarida har bir terma jamoa 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar bilan tashrif buyuradi. Lekin musobaqa reglamentiga ko'ra, uch nafar yoshi katta futbolchini qo'shib olsa bo'ladi. Shu bois saudiyaliklar murabbiyi "Al Hilol" yetakchilaridan foydalanishga qaror qildi. 

Saudiya Arabistoni U-23 terma jamoasi Olimpiadada Braziliya, Germaniya va Kot-d'Ivuarga qarshi guruh bahslarini o'tkazadi. Olimpiya o'yinlarida futbol uchrashuvlari 22 iyuldan start oladi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: arabnews.com