Saudiya Arabistoni klublari "Milan" futbolchisi uchun 80 mln evro taklif qilishga tayyor

Sherzod Nurmatov
23 okt 2025, 18:58
Saudiya Arabistoni klublari "Milan" hujumchisi Rafael Leauga qiziqishda davom etmoqda.

Bu haqda "La Gazzetta dello Sport" ma'lum qildi.

Manbaga ko'ra, saudiya arabistoniliklar "Milan"ning 26 yoshli portugaliyalik futbolchisi uchun 80 mln evro taklif etishga shay. Leauning kelajagi 2025/26 yilgi mavsumning qolgan qismidagi o'yiniga bog'liq bo'ladi.

Leau ushbu mavsum 4 o'yinda qatnashib, 3 ta gol urdi. Uning shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Transfermarkt uning transfer qiymatini 70 mln evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport