

35 yoshli Argentina terma jamoasi sardori PSJning shartnoma muddatini uzaytirish bo'yicha taklifini qabul qilmasa, yozda erkin agentga aylanadi.
Parijliklar kelishuvga erishish uchun kurashayotgan bir paytda Saudiya Arabistoni rahbarlari "Barselona" afsonasini Yaqin Sharqqa jalb qilishga umid bildirmoqda. Ular hujumchiga Ronaldu bilan bir xil bitim taklif qilishmoqda.
Hafta boshida Messining otasi Ar-Riyodda ko'rinish bergan edi. U erga u Mahd sport akademiyasi rahbari va sport vaziri Abdulaziz Al Faysalning hamkorlaridan biri proffesor Abdulloh Hammad bilan uchrashgani borgan edi.
Messiga Pro Ligadagi "Al Nassr"ning raqobatchisi "Al Hilol" 194 mln funtlik taklif bilan chiqqan.



