

Oxirgi paytlarda yuz bergan ko'plab gap-so'zlardan keyin Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi Adva Al Arifini ishga qabul qildi. Bu ayol federatsiyaning jamiyatga bog'liq sohasi bilan shug'ullanadi. Adva Al Arifi asosan jamoatchilik bilan ishlaydi, shuningdek Ar Riyod shahrida tuzilishi kutilayotgan ayollar futbol jamoasidan xabardor bo'lib turadi.
Adva Al Arifi "Al Yamamah" universitetini biznes yo'nalishi bo'yicha tamomlagan. Uning ishga qabul qilinishini Saudiya Arabistoni terma jamoasi sobiq futbolchisi Navaf Al Temiyot ham maqulladi va federatsiya bu bilan oldinga qadam tashladi deya baholadi.



