

Uchrashuvning birinchi bo'limida Al Oruba 2 ta gol urishga erishdi. Ikkinchi bo'lim so'nggida esa Al Fayha mag'lubiyatdan qutulib qoldi.
O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Otabek Shukurov bahsning ilk daqiqalardan harakat qildi va uchrashuvning 82-daqiqasida zaxiraga olindi.
Saudiya pro ligasi. 29-tur
Al Oruba - Al Fayha 2:2
24 aprel, Al-Jouf University Stadium
Gollar: As Soma (11, penalti), Az Zubaydi (18) - Kaabi (61), Lopes (90+6).



