"Sassuolo" Skamakkani 25 mln evroga baholadi. Forvard "Milan"ga kerak

28 dek 2020, 21:05
Iqtidorli hujumchi joriy mavsumni ijara asosida "Jenoa" safida o'tkazmoqda.

"Sassuolo" rahbariyati Janluka Skomakkani 25 million evro evaziga sotishga tayyor. 21 yoshli forvardning xizmatlariga "Milan" qiziqish bildirmoqda. Ammo italiyalik hujumchining transfer qiymati "rossonerilar"ga to'g'ri kelmaydi. Ayni paytda mavjud mablag' jamoa yetakchilari – Donnarumma va Chalxanoglu bilan shartnomani uzaytirishga yo'naltiriladi.

Skomakka va "Sassuolo" o'rtasida tuzilgan amaldagi shartnoma 2023 yilga qadar amal qiladi.

O'xshash yangiliklar