

"Biz bu futbolchilar bilan shanba kuni, 4 avgustda birinchi marta uchrashamiz, hozircha ishlar qandayligini bilmayman. Bu borada menda ma'lumot yo'q. Biz yuqori saviyali futbolchilar haqida gapiryapmiz va har bir klub bunday o'yinchilarni o'z safida saqlab qolishni istaydi. Ularni jamoada olib qolish uchun hamma ishni qilamiz" - deydi Sarri.
Oldinroq, Azar "Real"ga o'tishi mumkinligi e'lon qilingan edi.



