Santush: "Balki, futbolchilarimda charchoq alomatlari bordir"

Mirjalol Normatov
9 iyun 2019, 13:28
Portugaliya termasi bosh murabbiyi Fernandu Santush Millatlar ligasida Gollandiyaga qarshi finaldan oldingi o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"So'nggi yillarda gollandiyaliklar anchagina kuchaydi, raqiblar tarkibida kuchli sifatlarga ega futbolchilar etarlicha. Biroq biz finaldamiz, bu yerda kuchsiz raqib bo'lmaydi. Balki, futbolchilarim charchagandir, ammo bahona qilmaymiz, finalga chiqishning o'zi barchaga ishtiyoq berishi kerak. O'yin ajoyib bo'ladi", - deydi Santush.

Millatlar ligasi finali bugun Toshkent vaqti bilan 23:45da Portugaliyadagi "Dragau" stadionida o'tkaziladi. Bugun 18:00da esa uchinchi o'rin uchun bahsda Angliya va Shveytsariya termalari o'zaro to'qnash kelishadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: uefa.com