Santa Krus juma kuni “Boloniya” bilan muzokara o'tkazish uchun Italiyaga keladi

4 iyul 2013, 10:54
“Malaga” ning paragvaylik hujumchisi Roke Santa Krus “Boloniya” ga o'tishga yaqin turibdi.

Eslatib o'tamiz, italiyan klubi 31 yoshli futbolchiga bir mavsumda 1,2 million Evro miqdorida maosh taklif qilgan.

Juma kuni Santa Krus Paragvaydan Italiyaga keladi va “Boloniya” rahbarlari bilan muzokara o'tkazadi. Hafta so'nggigacha tomonlar shartnomaning barcha shartlari bo'yicha kelishib olishlari hamda kelishuvga erishishlari mumkin.


Manba: sports.ru