Sanjar Rashidov - “So'g'diyona”ning may oyidagi eng yaxshi futbolchisi

Narzulla Saydullayev
7 iyun 2017, 23:42
So'nggi 4 kun davomida "So'g'diyona"ning rasmiy telegram kanalida muxlislar o'rtasida so'rovnoma o'tkazildi.

“So'g'diyona” may oyida 6 ta o'yin o'tkazib,jamoamiz sardori ikki bahsda “Mashal” va “Sho'rtan” jamoalari darvozasini ishg'ol qildi. Aytib o'tish kerakki uning yagona goli evaziga “So'g'diyona” “Sho'rtan” ni o'z o'yida engdi.

So'rovnomada 40% ovoz to'plab Sanjar Rashidov “So'g'diyona”ning may oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo'ldi. Jamoa sardori aprel oyida ham so'rovnomada eng ko'p ovoz to'plagan edi.

Shuningdek, jamoa xujumchisi Ixtiyor Toshpo'latov 14% ovoz to'plab ikkinchi o'rinni qayd etdi. Elyor Orifov esa 13% ovoz to'plab 3 o'rinni qayd etdi.

“So'g'diyona” matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia