Sanjar Quvvatov: “Maqsadimizga erisha olmadik”

Narzulla Saydullayev
14 iyul 2018
“Nasaf” – “Qizilqum” (0:0) uchrashuvida mezbonlar safida eng yaxshi o'yinchisi sifatida Sanjar Quvvatov qayd etildi va u o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Biz anchadan beri g'alaba qozona olmayapmiz. Bugun barcha harakatimiz  uchrashuvda g'alaba qozonib, muxlislarimizni xursand qilish edi. Afsuski, bunday bo'lmadi. O'tgan o'yinda ham hisobda oldinda borib, durang qayd etib qo'ydik. Bugungi uchrashuvda ancha harakat qildik, g'alaba qozonish uchun. Bilaman, muxlislarimiz bizdan g'alaba kutishayapti. Biz keyingi o'yinlarimizda albatta ularni xursand qilamiz.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz