Sanjar Quvvatov sobiq jamoasiga qaytdi

Sherzod Nurmatov
16 dek 2025
Bu haqda Championat.asia sayti muxbiri Tolibjon Qosimov xabar berdi.

"Qizilqum"ni tark etgan darvozabon Sanjar Quvvatov sobiq jamoasi "Paxtakor"ga qaytdi. Tomonlar o'zaro shartnoma imzolab bo'lishgan. Quvvatovga Superliganing boshqa jamoasidan ham taklif bo'lgan, lekin posbon "sherlar"ni tanlagan", – deyiladi xabarda. 

Ma'lumot uchun, Quvvatov 2019-2024 yillar davomida "Paxtakor" safida 5 marta O'zbekiston chempioni, 2 marta O'zbekiston Kubogi sohibi va 2 karra Superkubok g'olibi bo'lgan.

35 yoshli posbon yakunlangan mavsum 30 o'yinda qatnashib, 38 ta gol o'tkazib yubordi va 12 ta bahsda darvozani "quruq" saqladi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: t.me/qosimovt