Sancho "Borussiya"ga qaytishi mumkin

Aslanov Jasurbek
1 may 2023
Jeydon Sancho yozda Dortmundning "Borussiya" klubiga qaytishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, Sanchoning nemis klubiga qaytishi haqiqatga yaqin. "Borussiya" sport direktori Sebastyan Kel futbolchi agenti bilan muloqot qilmoqda.

Gap futbolchini xarid qilish emas, ijaraga olish haqida ketmoqda. Sanchoning narxi 55 mln. evro - bu Bundesliga klubi uchun juda qimmat.

Sancho 2021 yilda 85 mln. evro evaziga Dortmund klubidan xarid qilingan edi. U APLda o'tkazgan 49ta uchrashuvida 8ta gol urdi va 5ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bild