Sanches 9 oydan keyin yana gol urdi

1 iyul 2020, 23:36
"Inter" hujumchisi Aleksis Sanches Italiya A Seriyasi 29-turida "Breshiya" darvozasini penaltidan ishg'ol qildi (3:0, tanaffus).

Bunga qadar 31 yoshli chililik futbolchi oxirgi marta sentyabr oyi oxirida "Sampdoriya"ga (3:1) qarshi bahsda gol urgandi.

Ma'lumot uchun, Sanches ayni daqiqalarda "neradzurrilar" safidagi 24-uchrashuvini o'tkazmoqda. Uning hisobida 2 gol, 5ta samarali uzatma bor.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta Sports