

Yig'in doirasida terma jamoa 25 avgust kuni Qirg'izistonga qarshi o'rtoqolik o'yinida maydonga tushadi. Bosh murabbiy Samvel Babayan bo'lajak uch o'yin uchun 27 futbolchini jalb qildi.
Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv” Toshkent), Nikita Ribkin (“Qo'qon-1912”);
Himoyachilar: Farrux Sayfiev (“Nasaf”), Vladimir Kozak (“Paxtakor”), Vitaliy Denisov (“Lokomotiv” Moskva, Rossiya), Anzur Ismoilov (“Chanchun Yatay”, Xitoy), Sherzod A'zamov (“Paxtakor”), Egor Krimec (“Beyjing Goan”, Xitoy), Akmal Shorahmedov (“Nasaf”), Islom To'xtaxo'jaev (“Lokomotiv” Toshkent), Davron Hoshimov (“Paxtakor”);
Yarim himoyachilar: Server Jeparov (“Istiqlol” Tehron, Eron), Jaloliddin Masharipov (“Lokomotiv” Toshkent), Sardor Mirzaev (“Lokomotiv” Toshkent), Eldor Shomurodov (“Rostov”, Rossiya), Aziz G'aniev (“Nasaf”), Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG”, Xitoy), Fozil Musaev (“Jubilo Ivata”, Yaponiya), Aziz Haydarov (“Ajman”, BAA), Otabek Shukurov (“Bunyodkor”), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”), Sardor Rashidov (“Al-Jazira”, BAA), Marat Bikmaev (“Lokomotiv” Toshkent).
Hujumchilar: Temurxo'ja Abduxoliqov (“As-Sayliya”, Qatar), Igor Sergeev (“Paxtakor”), Aleksandr Geynrix (“Ordabasi”, Qozog'iston).
Ma'lumot uchun, O'zbekiston milliy terma jamoasi 31 avgust kuni safarda Xitoyga qarshi bahs olib borsa, 5 sentyabr kuni Toshkentda Janubiy Koreya termasiga ro'baro keladi.



