"Sampdoriya"ning yana 4 futbolchisida koronavirus aniqlandi

Mirjalol Normatov
13 mar 2020, 23:15
"Sampdoriya" rasmiylari jamoaning 4 nafar futbolchisiga koronavirus yuqqanligini tasdiqlashdi.

Unga ko'ra, Omar Kolley, Albin Ekdal, Antonio La Gumina va Martin Torsbida koronavirus borligi aniqlangan va testlar ijobiy natija bergan. Yaqin vaqtlar ichida jamoa to'liqligicha karantinga o'tkaziladi.

Qayd etish kerak, oldinroq A Seriya tomonidan Manolo Gabbyadini ham ushbu virusga chalinganligi tasdiqlangandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal