"Sampdoriya" ham "Everton" hujumchisi uchun kurashga qo'shildi

14 noya 2019, 22:05
Genuyaliklar italiyalik hujumchi uchun "Roma" va "Milan" klublari bilan kurashadi.

Telenord nashri xabar berishicha, "Everton" klubi hujumchisi Moyze Ken tez orada jamoani tark etadi. 19 yoshli hujumchi uchun da'vogarlar safiga Italiyaning "Sampdoriya" klubi qo'shildi. Genuyaliklar Moyzeni mavsum oxiriga qadar ijaraga olishni niyat qilganlar.

Eslatib o'tamiz, Ken joriy mavsum APLning 9 uchrashuvida maydonga tushib, 1 marta jamoadoshining goliga hammualliflik qildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Telenord