Samedov: "Rossiya terma jamoasining Konfederatsiyalar Kubogidagi 3 ta uchrashuvi bekorga ketgani yo'q"

Aslanov Jasurbek
25 iyun 2017, 20:12
Rossiya terma jamoasi yarim himoyachisi Aleksandr Samedov o'z jamoasining Konfederatsiyalar Kubogidagi ishtiroki haqida gapirdi.

Rossiyaliklar guruhdagi 3 ta uchrashuvda 3 ochko to'plab, pley-off bosqichiga chiqa olishmadi.

"Albatta, bu 3 ta bahs bekorga o'tgani yo'q. Bu yirik turnir. Muxlislarga minnatdorchilik bildirmoqchiman, ular bizni bor kuchlari bilan qo'llab-quvvatlashdi.

Ijobiy jihatlarga to'xtaladigan bo'lsak - o'yinimiz ancha o'sdi. Ushbu turnir Rossiya terma jamoasiga katta yordam berdi. Meksikaga qarshi bahsda ko'plab vaziyatlar yaratdik, ammo ularning faqat bittasigina golga aylandi.

Jahon chempionati haqida o'ylayotganim yo'q, chunki hozirgina biz uchun yirik turnir yakunlandi. Xafamiz, biroq oldinga intilish kerak. Rossiya terma jamoasini muhim yil kutib turibdi. To'g'ri xulosalar chiqarib, kerakli yo'nalishda harakatlanish lozim" - deydi Samedov.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com