

Viloyat futbol Federatsiyasi, Samarqand futbol jamoatchiligi ishtirokida Sattepo maskanidagi o'yingohlarda o'tkazilgan bahslarda 8 jamoa ishtirok etdi. Bular: Nafis, Ikrom, Do'stlik, Panjob, Xo'jasoat, Dinamo, Lolazor, Madadkor jamoalaridir.
Qiziqarli va shiddatli kurashlarga boy o'tgan bahslar chorak final bosqichidan start olib, hal qiluvchi final bahsida Xo'jasoat va Do'stlik jamoalari yetib kelishdi. Uchrashuvda ustunlik qilgan Xo'jasoat mahallasi jamoasi xotira turniri g'olibiga aylandi. Shuningdek, tashkilotchilar tomonidan g'olib va sovrindorlar, turnirning eng yaxshi futbolchilariga esdalik sovg'a va faxriy yorliqlar topshirildi.
Tehron Turdialiev va Nurbek Safarov xotira turniri.
9 may (seshanba).
1/4 final.
Ikrom – Nafis – 0:4
Do'stlik - Panjob – 7:5
Xo'jasoat – Dinamo – 5:2
Lolazor – Madadkor – 7:2
1/2 final
Nafis – Xo'jasoat – 0:3
Do'stlik – Lolazor – 2:1
3-o'rin uchun.
Nafis – Lolazor – 0:0 ( penaltilar seriyasi: 3:2)
Final: Xo'jasoat – Do'stlik – 2:0.
1-o'rin – Xo'jasoat
2-o'rin – Do'stlik
3-o'rin – Nafis.






