

Bu Muhammad Salah uchun “Liverpul” safida APL doirasida kiritigan 66-goli bo'ldi. Natijada Salah mersisaydliklar safida APLda gol urish bo'yicha beshinchi o'rinda borgan Fernando Torresni (65 ta gol) ortda qoldirdi. Salahdan oldinda esa Luis Suares (69), Maykl Ouen (118), Stiven Jerrard (120) hamda Robbi Fauler (128) bor.



