Saa: "Zidan - "Manchester Yunayted" uchun eng yaxshi tanlov"

Aslanov Jasurbek
24 dek 2018, 11:50
"Manchester Yunayted" va Fransiya terma eamoasi sobiq hujumchisi Luis Saaning fikricha, mankunianlarni Zinedin Zidan boshqarishi kerak.

"Zinedin kuchli futbolchi bo'lgan, unga o'xshashlari yo'q. U katta muvaffaqiyatlarga erishgan. Zidan futbol bilan yashaydi. Hujum va himoyadagi muvozanatni to'g'irlay oladi. "Real"da uning 3 nafar dahshatli hujumchisi bor edi, Zidan ularni himoya bilan bog'lay olgan.

Zidan - "Yunayted" uchun eng yaxshi tanlov. Uni muxlislar, xodimlar, prezident qo'llab-quvvatlaydi deb o'ylayman" - deydi Saa.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Omnisport