MYU sobiq futbolchisi "Arsenal" yangi mavsumda kuchli to'rtlikka kira olmaydi deb hisoblamoqda

Sherzod Nurmatov
29 iyun 2023, 13:06
"Manchester Yunayted" sobiq hujumchisi Lui Saa "Arsenal"ning 2023/24 yilgi mavsum APLdagi istiqboliga baho berdi.

"Arsenal" bu yozda yaxshi xaridlarni amalga oshirgan taqdirda ham, keyingi mavsumni "Manchester Siti", "Liverpul", "Manchester Yunayted" va "Chelsi"dan oldinda yakunlasa, hayron qolaman", – dedi Saa.

Eslatib o'tamiz, "Arsenal" o'tgan mavsum musobaqa jadvalida ikkinchi o'rinni band etdi. Oltin medallar "Manchester Siti"ga, bronza esa "Manchester Yunayted"ga nasib qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Sun