Lui Saa MYU haqida: "YCHLni yutish oson bo'lmaydi"

Mirjalol Normatov
3 may 2023
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Lui Saaning fikriga ko'ra, "qizil iblislar"ning APL chempionligi uchun kurashishi osonroq bo'ladi.

"Erik ten Xag qo'l ostida "Manchester Yunayted"ning rivljlanayotgani sezilarli bo'lmoqda. Krishtianu Ronaldu bilan bog'liq muammolar o'tmishda qolib ketdi. Futbolchilarning almashinuvi kelajakni yorqinlashtirishi mumkin.

Umid qilamanki, "Manchester Yunayted" YCHL yo'llanmasini qo'lga kiritadi. Ushbu turnirni yutish qiyin bo'ladi. Shu sababli jamoaning APL bosh sovrini uchun kurashgani yaxshiroq bo'ladi.

MYU himoyada ham hujumda ham yaxshi o'ynashini ko'rsatib bermoqda. Buni quruq o'yinlarning soni ko'pligi bilan isbotlasa bo'ladi", - dedi Saa.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal