Runi va Vieyra APL shon-sharaflar zaliga kirishdi

Alisher
23 mar 2022, 15:18
"Manchester Yunayted" sobiq hujumchisi Ueyn Runi va "Arsenal" sobiq yarim himoyachisi Patrik Vieyra APL shon-sharaf zaliga qabul qilinishdi.

APL rasmiy saytining ma'lumotiga ko'ra, Runi va Vieyra 2022 yilda birinchi bo'lib shon-sharaf zalidan o'rin olishdi.

Shunday ekan, APL shon-sharaflar zalida endilikda 10 nafar sobiq futbolchi bor: Terri Anri (Arsenal), Alan Shirer (Nyukasl), Erik Kantona (Manchester Yunayted), Roy Kin (Manchester Yunayted), Frenk Lempard (Chelsi), Dennis Bergkamp (Arsenal), Stiven Jerrard (Liverpul), Devid Bekxem (Manchester Yunayted), Ueyn Runi (Manchester Yunayted), Patrik Vieyra (Arsenal).

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: premierleague.com