Rummenigge: "Bavariya"ga "Borussiya" D bilan o'yinda oson bo'lmaydi"

Aslanov Jasurbek
2 apr 2015, 13:14
"Bavariya" boshqaruv kengashi raisi Karl-Xaync Rummenigge Dortmundning "Borussiya"siga qarshi bo'lib o'tadigan Gremaniya chempionati 27-tur uchrashuvi haqida o'z fikrini bildirdi.

"Borussiya" mavsumni boshqacha niyatlar bilan boshlagan edi. Ammo ularda kelasi mavsum Yevropa ligasida ishtirok etish imkoniyati bor. O'yin qiyin bo'ladi. Raqibni hurmat qilamiz" - deydi Rummenigge.

Eslatib o'tamiz, "Bavariya" va "Borussiya" o'rtasidagi uchrashuv 4 aprelda Dortmundliklar maydonida bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com