Rummenigge: "Bavariya"da 2 ta Kimmix bo'lishini istardim"

Sherzod Nurmatov
11 yanv 2021
"Bavariya" klubi raisi Karl-Xaync Rummenigge Joshua Kimmix ham himoyada, ham yarim himoyada o'ynay olishi mumkinligi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"U "oltilik" poziciyasida o'ynaydi, bazida jamoada ikkita Kimmix bo'lishini xohlayman. Ammo "Bavariya"da faqat bitta Joshua bor. U biz uchun o'ynayotganidan xursandmiz.

Kimmix o'yinni o'qiy oladi va jamoamizga katta dalda beradi. Bundan tashqari, Joshua g'alaba qozonish uchun o'z iroda kuchiga ega. Kimmixni jahon darajasidagi o'yinchi, desak mubolag'a bo'lmaydi", – dedi Rummenigge.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Kicker