Bum! Kimmix ham "Manchester Siti"ga o'tishi mumkin

Sherzod Nurmatov
27 yanv 2025
"Bavariya" a'zosi Joshua Kimmix "Manchester Siti" futbolchisiga aylanish ehtimoli bor.

Manbaga ko'ra, nemis grandi bilan shartnomasi 2025 yilning yozida tugaydigan 29 yoshli futbolchi ushbu transfer oynasidayoq Myunxenda o'zi bilan birga ishlagan Pep Gvardiola jamoasi futbolchisiga aylanishi mumkin.

"Shaharliklar" Rodrini yo'qotganidan keyin Gvardiolaga ko'proq variant beradigan futbolchini sotib olmoqchi. 

Shuningdek, Kimmix kelajagi borasida hali bir qarorga kelmagani xabar qilingan.

Avvalroq nemis futbolchisiga "Real", "Barselona", "Liverpul" va boshqa jamoalardan qiziqish borligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: kicker.de