Rudi Garsiya "Roma"ga Maykon va Jervinoni olib kelmoqchi

Narzulla Saydullayev
11 iyul 2013
"Roma"ning yangi bosh murabbiyi Rudi Garsiya jamoani kuchli futbolchilar bilan kuchaytirmoqchi, deb xabar bermoqda Football Italia nashri.
Murabbiy "Manchester Siti" himoyachisi Maykonni sotib olmoqchi. Shuningdek Garsiya "Arsenal" hujumchisi Jervinoga qiziqib qolgan. Agar bu futbolchilarni sotib olishni imkoni bo'lmasa Rim klubi ularni ijaraga olishi ham mumkin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net