Rudi Garsiya: "Asosiy maqsadimiz - Chempionlar Ligasiga yo'llanma olish"
Aziz Tukhtamuradov
10 mar 2015, 19:52
"Roma" bosh murabbiyi Rudi Garsiya jamoasi bilan endi Italiya chempioni bo'la olmasligini aytib o'tdi.
"Bizning asosiy maqsadimiz - Chempionlar Ligasiga yo'llanma olish. Biz ikkinchi o'rindamiz va shu o'rnimizda qolishni istaymiz. Jamoadan ko'p narsa kutmoqdaman", - deydi murabbiy.