RPLning qolgan barcha o'yinlari TV orqali bepul namoyish etiladi

Alisher
6 iyun 2020, 15:25
Rossiya chempionati restartidan so'ng qolgan barcha o'yinlar televizor orqali bepul namoyish etiladi.

Translyatsiyalar "Match" xolding kanallarida namoyish etiladi. Oldinroq, "Match TV" turning bitta yoki ikkita o'yinini bepul namoyish etar edi.

RPL 19 iyundagi ikkita o'yin bilan restart oladi: "Krilya Sovetov" "Axmat"ni qabul qilsa, "Rostov" o'z uyida "Sochi" bilan o'ynaydi.

Klublarga stadionning 10%gacha to'ldirishlariga ruxsat etilgan. O'yinlarni tomoshabinlar bilan o'tkazish borasidagi yakuniy qarorni mahalliy hokimiyat qabul qiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.com