RPL. "Lokomotiv" gollarga boy uchrashuvda "Akron"ni mag'lubiyatga uchratdi

Omonjon To`xtamirzayev
20 iyul 2024, 19:33
Moskvaning "Lokomotiv" klubi Rossiya Premer-Ligasi 1-turi doirasida "Akron"ni (3:2) mag'lubiyatga uchratdi.

Yangi mavsumning birinchi goli muallifi Sergey Pinyaev bo'ldi. "Temiryo'lchilar" a'zosi 29-daqiqada hisobni ochdi. 36-daqiqada Soltmurad Bakaevnin aniq zarbasidan keyin mehmonlar javob golini urishdi. Oradan 2 daqiqa o'tib, Aleksey Batrakov moskvaliklarni oldinga olib chiqqan bo'lsa, 40-daqiqada Abu-Said Eldarushev muvozanatni tikladi. 

Murosasiz bahslarga boy bo'lgan bellashuvda g'alaba golini Dmitriy Vorobyov 79-daqiqada urishga muvaffaq bo'ldi.


O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia