RPL. "Ufa" 90+5 daqiqada gol urib, SSKA bilan o'yinda ochko ishladi. O'runov esa bu safar ham zaxirada qoldi

Alisher
16 apr 2022, 17:58
RPL 25-tur doirasidagi "Ufa" - SSKA o'yini bo'lib o'tdi.

Afsuski, boshqirdistonliklarning o'zbekistonlik xavbeki Oston O'runov oldingi o'yinda bo'lgani kabi bu safar ham zaxirada qoldirildi. Bahsdagi vaziyatlar esa o'yinning so'nggida ro'y berdi. SSKA o'ng qanot himoyachisi Mario Fernandes 88-daqiqa gol urdi. Ammo, Nikitinning 90+5 daqiqa urgan javob goli moskvaliklarning ortga 1 ochko bilan qaytishlariga sabab bo'ldi.


"Ufa" - SSKA 1:1

Gollar: 0:1 – 88 Fernandes, 1:1 – 90 Nikitin.

"Ufa": Belenov, Nikitin, Juravlev, Pliev, Yokich, Kamilov (Ivanov, 87), Fishenko (Saplinov, 88), Kabutov, Krotov (Emelyanov, 59), Agalarov (Golubev, 87), Kasintura (Ortis, 59).

SSKA: Akinfeev, Fernandes, Shennikov (Fuks, 63), Diveev, Biyol, Oblyakov, Gbamen, Muxin (Zagoev, 80), Zaynutdinov (Edjuke, 70), Karraskal (Zabolotniy, 63), Yaziji.

Ogohlantirishlar: Yokich (19), Shennikov (55), Ortis (60).


RPL TURNIR JADVALI

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia