RPL. Dzyuba Shomurodovdan yana o'zib ketdi, Azmun esa ularga yaqinlashib oldi

Eldor Akmurzayev
14 mar 2020, 19:19
Ayni daqiqalarda Rossiya chempionatining 22-turidan o'rin olgan “Zenit” – “Ural” bahsi davom etmoqda.

Uchrashuvning ilk bo'limidayoq mezbonlar 4:0 natijasi bilan oldinda borishmoqda.

Bahsning 12-daqiqasida Artyom Dzyuba raqib posbonini dog'da qoldirib, chempionatdagi gollari sonini 12taga etkazib oldi. U “Rostov” forvardi Eldor Shomurodovni (11 to'p) quvib o'tgan holda yana to'purarga aylandi.

Shuningdek, peterburgliklar hujumchisi Sardor Azmun ham hozircha o'z hisobiga dubl rasmiylashtirgan. Uning musobaqadagi gollari esa 9tani tashkil etmoqda va Azmun to'purarlar ro'yxatida kuchli uchlikka yaqinlashib oldi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia