RPL. SSKA qatorasiga 2-o'yinda yutqazdi

23 avg 2020, 00:22
Rossiya chempionati 4-tur bahslari davvom etadi.

Mazkur tur doirasida "Rubin" Moskvada SSKA mehmoni bo'ldi. 

O'yinning 37-daqiqasida armiyachilar birinchi bo'lib to'p o'tkazib yuborishdi, ammo Nikola Vlashich 2 daqiqadan keyin muvozanatni tenglashtiruvchi golga mualliflik qildi. 92-daqiqada Qozon klubi yarim himoyachisi Denis Makarov uzoq masofadan yo'llagan zarba "Rubin"ga g'alaba keltirdi.

Shu tariqa SSKA ketma-ket 2-o'yinda mag'lub bo'ldi. O'tgan turda Viktor Goncharenko shogirdlari "Zenit"ga (1:2) xuddi shunday hisobda imkoniyatni boy bergandi. "Rubin" esa bugun mavsumdagi ilk g'alabasini tantana qildi.

Moskva klubi ayni paytda 6 ochko bilan musobaqa jadvalining 6-pog'onasiga joylashgan bo'lsa, "Rubin" 11-o'ringa ko'tarilib oldi (4 ball).

SSKA – Rubin 1:2

22 avgust, 22.00, VEB Arena

Gollar:

0:1 – 37 Bakaev, 1:1 – 39 Vlashich, 1:2 – 90 Makarov.

SSKA – Akinfeev, Fernandes, Vasin, Diveev, Magnusson, Maradishvili, Oblyakov (Bistrovich, 84), Sigurdsson (Kuchaev, 70), Vlashich (Tiknizyan, 85), SHHennikov, Shkurin (Gaych, 70).

Rubin – Dyupin, Starfelt, Merkulov, Uremovich, Shatov (Xvan In Bom, 79), Zuev (Samoshnikov, 77), Kvaratsxeliya, Evtich, Bakaev (Makarov, 62), Abilgor, Ignatev (Despotovich, 62).

Ogohlantirishlar:

Vlashich (9), Sigurdsson (17), Zuev (32), Uremovich (51), Shatov (75), Kvaratsxeliya (80).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia