Roziyabonu Yusupova va Zilola Rahmatova ayollar o'rtasidagi CAFA U-17 musobaqasida ishlashadi

Sherzod Nurmatov
23 fev 2023, 17:32
Joriy yilning 10 mart kuni Tojikistonning Hisor shahrida ayollar o'rtasida CAFA U-17 xalqaro turniri start oladi.

17 martgacha davom etadigan musobaqada 17 yoshgacha bo'lgan Markaziy Osiyo ayollar terma jamoalari g'oliblik uchun bahs olib borishadi.

E'tiborli tomoni, FIFA hakamlarimiz - Roziyabonu Yusupova (bosh hakam) va Zilola Rahmatova (yordamchi hakam) mazkur musobaqadaga jalb etilishgan.

O'yinlar Hisor shahrida joylashgan "Markaziy" stadionida o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Ўзбекистон футбол ҳакамлари маркази