Ro'zimboy Ahmedov: "Neftchi"da qolishim hali ma'lum emas"

Farg'onaning "Nefchi" klubi o'z mashg'ulotlari boshlagan va tarkib birmuncha o'zgarmoqda.
  Bugun jamoaning mashg'ulotlariga "Navbahor" klubi hujumchisi Ro'zimboy Ahmedov ham kelib qo'shildi. Ro'zimboy Ahmedov bu borada championat.asia saytiga o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Hozirda "Neftchi" bilan mashg'ulotlarda ishtirok etayapman. Shunga qaramay bir narsani aytib o'tishim kerakki , hali bu klub bilan shartnoma imzolamaganman. Qolishim ham ma'lum emas. Agar rahbariyat bilan shartnoma borasida kelishsak bu jamoada qolishim mumkin." - deya o'z fikrini bildirib o'tadi Ro'zimboy Ahmedov

Manba: championat.asia