Rojerio Seni Pelening rekordini yangiladi

Narzulla Saydullayev
25 noya 2013, 15:36
"San-Paulo" darvozaboni Rojerio Seni (40 yosh) futbol qiroli Pelening bitta klubdagi o'yinlar borasidagi rekordini yangiladi, deb xabar bermoqda "Globo Esporte".
Braziliya chempionatining 36-turidan o'rin olgan "Botafogo"ga qarshi o'yin darvozabon uchun "San-Paulo" safidagi 1117-o'yin bo'ldi. Pele "Santos" tarkibida 1116 marta maydonga tushgan. Senining aytishicha tarixdan joy olish ajoyib ekan.

Seni "San-Paulo" safida 1992 yildan buyon faoliyat olib bormoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net