Roy Xojson: "Tajriba yetishmasligi bu bizning kamchiligimiz"

11 iyun 2016, 05:44
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roy Xojson Rossiyaga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


- Angliya terma jamoasi safida yuqori darajadagi futbolchilar bor. Lekin tajriba yetishmasligi bu bizning kamchiliklarimizdan biri. Lekin bu narsani yosh istedodli futbolchilarning kuchli ishtiyoqi, yuqori eenergiyasi orqali bartaraf etsa bo'ladi. Jamoamiz g'alabaga chanqoq. Tarkibni tanlash borasida yoqimli "bosh og'riq"qa egaman. Safimizda yuqori saviyadagi bir qator futbolchilar asosiy tarkibda o'ynashga loyiqlar. O'rtqolik o'yinlarida hech kim jarohat olmagani ham meni quvontirdi. Agarda barcha futbolchilar biz kutgan darajada o'ynashsa, unda bizning raqibalarimizga juda ham qiyin bo'ladi. Rossiya terma jamoasini hurmat qilamiz. Bu juda yaxshi jamoa. Ular tarkibida tajribali futbolchilar mavjud. Bu jamoa tarkibidagi ko'plab futbolchilar mamlakatning yetakchi klublari SSKA hamda "Zenit" sharafini himoya qilishadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: uefa.com