"Kristal Pelas" ustozi mavsum oxirida ketishini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
27 may 2023, 11:51
"Kristal Pelas" bosh murabbiyi Roy Xojson kelajagi haqida gapirdi.

"Yakshanba kuni jamoa boshqaruvidagi so'nggi o'yinim bo'ladi. Men mavsum oxirigacha shartnoma imzoladim va imkoniyatdan juda xursand bo'ldim. Keyingi o'yinni shartnoma bo'yicha oxirgi o'yin deb bilaman. 

Men hamkorlikni davom ettirish bo'yicha taklifni ko'rib chiqamanmi? Bilmayman. O'sha kun kelguncha kutaman, keyin qaror qabul qilaman. Hozir bu haqda o'ylamayapman", – dedi Roy Xojson.

Eslatib o'tamiz, 75 yoshli mutaxassis mavsum davomida Patrika Viyera o'rniga "Kristal Pelas"ni qo'lga oldi. Roy Xojson APLda qolish vazifasini qoyilmaqom tarzda uddaladi. Uning qo'l ostida "Pelas" 9 turda 17 ochko jamg'ardi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Daily