

Roy Rok “Nasaf” safida faoliyat yuritib, ko'pchilik o'zbek futbol ishqibozlarining yoqimtoyiga aylanib ham ulgurdi, ammo uning sog'ligidagi muammo safdan chiqarib qo'ydi.
Roy Rok biz bilan aloqada “Nasaf” jamoasi safida faoliyatini davom ettirishga katta hohishi borligini ma'lum qildi. Uning yanvar oyidan jamoa safiga qo'shilishi kutilmoqda.
Klub bilan yangi shartnoma tuzishi yangi yil boshida ma'lum bo'ladi. Agar uning sog'ligi yuzasidan boshqa muammolar bo'lmasa, bizningcha “Nasaf” klubi ham shartnoma imzolashi mumkin.

